Oʻquv portalga oʻtish
Biz haqimizda

Biz haqimizda

Agrobankning "O’simliklarni himoya qilish" intensiv o'quv kurslari sohadagi xalqaro toifali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

“O’simliklarni himoya qilish” intensiv o'quv kurslarining asosiy maqsadi — sohadagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularga xorijiy tajribalarga asoslangan eng so’ngi zamonaviy bilimlarni berish.

Agar sizda o’simliklarni himoya qilish yo’nalishlarida xorijiy tajribalarga asoslangan bilimlarni o’rganish istagi bo’lsa, ushbu o'quv kurslari aynan siz uchun. 

O'qish istagini bildirganlar quyidagi uch bosqichdan o’tishlari talab etiladi:

  1. - Onlayn-so’rovnoma to’ldirish
  2. - Yozma imtihon
  3. - Suhbat 

 

Onlayn so'rovnomani ushbu sahifa yoki @Agrolab_uzbot telegram boti orqali qoldirish mumkin.  

O'qish muddati 3 oy. Bu vaqt ichida siz xalqaro standartlar asosida ham nazariy, ham amaliy bilim ko'nikmalaringizni oshirasiz.

O'qishga kirish
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  1. - 35 yoshdan oshmagan;
  2. - kamida o’simliklarni himoya qilish yo’nalishlari (o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, fitopatologiya, karantin, entomologiya) bo'yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo’lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;

(Qabul kvotasining kamida 30 foizi ayollarga ajratish rejalashtirilgan.)


Kursni yakunlaganlarga oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishida: 
-  Oʻsimliklar klinikasini tashkil etish;
-  Biolaboratoriyalar tashkil etish;
-  Mavjudlarni  moddiy  texnik bazasini shakllantirish;
-  Mavjud laboratoriyalarga uskuna va texnikalarni sotib olish;
-  Laboratoriyalar tashkil etish;
-  Aylanma mablagʻni shakllantirish
hamda ushbu sohada oʻz tadbirkorligini boshlash uchun belgilangan tartibda imtiyozli kreditlar olish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek kursni eng yuqori koʻrsatgich bilan tugatgan 7 nafar tinglovchiga Oʻsimliklarni himoya qilish kompleks markaz (Agrolab) larda ishlash imkoni beriladi.
Chet tillar (ingliz,rus va b.) ni bilish darajasi inobatga olinadi.


Hujjatlarni qabul qilish muddatlari
Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 28-yanvardan 28-fevraliga qadar davom etadi.

Hujjatlarni topshirish tartibi
“O’simliklarni himoya qilish” intensiv o'quv kursida qatnashish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi havola (https://agrolab.fermermaktab.uz/) yoki @Agrolab_uzbot telegram boti orqali amalga oshiriladi.

 

Nazariy – xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan o'quv metodikasi asosida o'tiladi. Barcha darslar xorijda malaka oshirgan o‘qituvchi professorlar tomonidan o‘qitiladi. Tinglovchilar o‘zlari qiziqqan o’simliklarni himoya qilish yo’nalishlari bo`yicha nazariy bilimlarni turli uslublarda (case-study) o‘rganish jarayonida oliy o‘quv yurtlari bazasidagi va xalqaro standardlar talablariga javob beradigan kamyob kitoblardan va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nazariy darslar rejalashtirilgan tartibda kunning birinchi qismida olib boriladi.

Amaliy – amaliy darslar ilmiy tadqiqod institutlarining laboratoriya xonalarida malakali instruktorlar ishtirokida o’tkaziladi. Bunda siz O’zbekiston qishloq xo’jaligida mahsulotlarni yetishtirishda zarar keltiradigan zararli organizimlar bilan tanishasiz va ularning turlarini aniqlashni mutaxassislar tomonidan o’rganasiz.

Qabul komissiyasi

“O’simliklarni himoya qilish” intensiv o'quv kurslarining tanlov komissiyasi tarkibi:

1. O’simliklarni himoya qilishni rivojlantirish ilmiy markazi maslahatchilari va xodimlari.
2. “Agrobank” ATB bosh ofisi mas’ul xodimi

Qabul bo'yicha mas'ul:
1. “Agrobank” ATB bosh ofisidan biriktirilgan vakil

Ta’lim yo‘nalishlari

1. Entomologiya
1. Entomologiya
2. Fitopatologiya
2. Fitopatologiya
3. Gerbologiya
3. Gerbologiya
4. Nematologiya
4. Nematologiya
5. Virusologiya
5. Virusologiya
6. Toksikologiya
6. Toksikologiya
7. Tuproq va suv tahlili
7. Tuproq va suv tahlili

Imtihon oʻtkaziladigan manzil

Bizning afzalliklarimiz

Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o’qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o’qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Sohadagi yetakchi ilm egalaridan va xalqaro tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan master klasslarda ishtirok etish
Sohadagi yetakchi ilm egalaridan va xalqaro tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan master klasslarda ishtirok etish
Kelajakda xalqaro hamkorlar bilan ilm almashish
Kelajakda xalqaro hamkorlar bilan ilm almashish
Bularning barchasi bepul
Bularning barchasi bepul

Qabul jarayoni

Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1 oy oldin boshlanadi.
1
Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1 oy oldin boshlanadi.
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi va yozma ish (imtihon) olinadi
2
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi va yozma ish (imtihon) olinadi
Imtixondan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi
3
Imtixondan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi

Hamkorlar

Qishloq xo’jaligi vazirligi
Qishloq xo’jaligi vazirligi
Toshkent davlat agrar universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti
Ilmiy tadqiqot institutlari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Xalqaro universitetlar
Xalqaro universitetlar

Onlayn soʻrovnomani sifatli va toʻliq toʻldiring, biz Siz bilan bogʻlanamiz

5 dan 1 - qadam
+998
E-mail toʻldirish uchun majburiy emas